📎Bugun Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta‘lim markazi rahbariyati Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining o'rinbosari S.Buzrukxonov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
✅Tashrif davomida markaz faoliyati, moddiy texnik bazasi, markaz hududida olib borilayotgan obodonchilik ishlari ko'zdan kechirildi.
✅Shuningdek, vazir o'rinbosari tomonidan o‘quv binolari hamda TTJdagi talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o'rganilib, ularni yaxshilashga qaratilgan istiqboldagi rejalar bilan tanishildi.
