Asosiy mazmunga o'tish

Markaz yangiliklari

“Nazm va navo” mavzusida badiiy-adabiiy kecha

2 daqiqa o'qish 214
dfce3d6fba7df175edfd3 (1)

2023-yil 9-fevral kuni Adib Sobir Termiziy nomidagi Surxondaryo viloyat Axborot - kutubxona markazida Afg’oniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markazi talabalari hamda Surxondaryo viloyati Milliy gvardiya boshqarmasi hamkorlikda Alisher Navoiy bobomizning 582 yilligi munosabati bilan “Nazm va navo” mavzusida badiiy-adabiiy kecha bo’lib o’tdi. Ushbu kechada yosh iqtidorli talabаlar tomonidan buyuk mutafakkir shoirlar Alisher Navoiy bobomizning ruboiy, g’azallaridan parchalar aytishib tadbirimizga o’zgacha bir ruh bag’ishladilar. Tadbirda Shikvo Samadiy va Bekmuhammad Muhammadiy kabi ilmga, bilimga chanqoq bo’lgan yoshlar o’zlarining erishayotgan bir qator yutuqlari hamda o’zlarining ijod namunalaridan so’zlab berishdilar. Tadbir davomida talaba Yoshlar Alisher Navoiy bobomizning hayot yo’lida qanday qiyinchiliklarni boshidan kechirganligi va u kishining naqadar ulug’ inson bo’lganligini ifodalovchi sahna ko’rinishlarini namoyish etdilar. Tadbir so’ngida mehmonlarga kutubxonamizning estalik sovg’alari topshirildi. Kecha juda qiziqarli va esda qolarli darajada qizqarli bo’lib o’tdi.

Ulashish: