Asosiy mazmunga o'tish

Xalqaro hamkorlik

Germaniya davlatining "GIZ" Xalqaro tashkiloti “Afg‘oniston fuqarolarini Termiz shahriga jalb etgan holda tibbiy ta’lim va kadrlar tayyorlashni modernizasiya qilish” loyihasi rahbari Cord Versmold Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga tashrif buyurdi.

1 daqiqa o'qish 183
photo_2024-07-11_21-50-29

Mehmonlar Markaz rahbariyati bilan hamkorlik aloqalari bo‘yicha amalga oshirgan va oshirishi rejalashayotgan ishlar yuzasidan fikr almashdi. Mehmon markaz faoliyati bilan tanishish davomida olib borilayotgan ishlar, tinglovchilarga yaratilgan shart-sharoitlarga munosibat bildirib, fuqarolarni o‘zini-o‘zi boshqarish, favqulotda birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha afg‘on fuqarolariga 2 kunlik seminar-trening o‘tkazish, Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi va"GIZ" Xalqaro tashkiloti o‘rtasida memorandum tuzish taklifini bildirdi.

Shuningdek, Markaz rahbariyati taklifiga asosan markaz bazasida nemis tilini o‘rgatish, nemis tili xonasini tashkil etish va jihozlash takliflarni bildirdi.

Ulashish: