Asosiy mazmunga o'tish

Sport

Amaliyot 2023

1 daqiqa o'qish 194
photo_2023-06-08_13-11-38

Talabalarimiz Toshkent davlat transport universitetida

Afg'oniston fuqarolarini o'qitish ta'lim markazi "Er usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi" yo'nalishi 406-guruh talabalari diplom oldi va ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash uchun Toshkent davlat transport universitetiga tashrif buyurdi. Talabalarimuz dastlab, universitetda yaratilgan shart-sharoitlar, axborot - o'quv resurs markazi, o'quv xonalari, amaliyot o‘tash poligoni faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

Shuningdek, “Temir yo‘l transporti” fakulteti hamda “Lokomotiv va lokomotiv xo‘jaligi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari markazimiz yoshlariga hamrohlik qilib Universitet haqida batafsil ma'lumot berdi. Universitetda davra suhbati o'tkazildi va dars mashg'ulotlari o'tkazilish tartibi va talabalarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish chora-tadbirlari kelishib olindi.

Ulashish: