Перейти к основному содержанию

Международное сотрудничество

#Xalqaro hamkorlik

1 мин чтения 190
photo_2024-01-16_19-51-58

Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga Xalqaro Migratsiya tashkilotining Pokiston va Markaziy Osiyoda ko’chirgan afg‘onlar uchun migratsiya boshqaruvi va xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini takomilashtirish dasturi xodimi Tatyana Verigo boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Xalqaro Migratsiya tashkilotining Pokiston va Markaziy Osiyoda ko’chirgan afg‘onlar uchun migratsiya boshqaruvi va xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini takomilashtirish dasturi xodimi Tatiana Verigo, Xalqaro Migratsiya Tashkilotining O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi stajyori Chjenxua Ma, shu tashkilotining vakili Sayidalar Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga tashrif buyurdilar.

Tashrifdan asosiy maqsad, markazining hozirgi holati, talabalar va tinglovchilar uchun yaratilgan sharoitlar va kelajakdagi hamkorlik aloqalarini yanada kuchaytirishdan iboratdir.

Поделиться: