Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga Xalqaro Migratsiya Tashkilotining O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi stajyori Chjenxua Ma tashrif buyurdi. Tashrif davomida markaz rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda XMT tomonidan moliyalashtirgan mablag‘lar hisobidan markazning 14 nafar bitiruvchisi Toshkent shahridagi Nordik xalqaro universitetining magistratura bosqichida o‘qishni davom ettirayotganliklari hamda XMT rahbariyati Markaz qoshida tashkil etilgan stomatologiya kabinetini zarur tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash masalasini ma’qullaganligi ta'kidlab o‘tildi.
Shuningdek, XMT tomonidan markazda “Fitnes-klub” tashkil etish va uni zaruriy sport anjomlari bilan ta’minlash ishlarida homiylik qilish vazifasi belgilab olindi