Oʻzbekiston va Fransiya taʼlim sohasidagi hamkorlikni mustahkamlaydi
31-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Fransiyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Oreliya Bushez xonim bilan uchrashdi.
Muloqot davomida tomonlar oliy va professional taʼlim, ilm-fan hamda innovatsiyalar yoʻnalishidagi istiqbolli hamkorlik masalalarini muhokama qildilar. Xususan, Oʻzbekistonda Oʻzbek-Fransuz universiteti va Oʻzbek-Fransuz professional taʼlim kampusini tashkil etish, shuningdek, yurtimizda Oʻzbekiston-Fransiya uchinchi taʼlim forumini oʻtkazish tashabbuslari koʻrib chiqildi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/34749
