2023-yil 21-iyuldagi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Surxondaryo viloyati hokimi oʻrinbosari Ilhom Saparov hamrohligida Afgʻoniston fuqarolarini oʻqitish taʼlim markazi faoliyati va markazda faoliyat olib borayotgan yoshlar bilan uchrashib, ularning rejalari bilan o‘rtoqlashgan edi.
Tanishuv davomida I.Abduraxmonov Tikuvchilik va kashtachilik to‘garagida faoliyat olib borayotga ustoz Osiyo Xonimqulova faoliyatiga ijobiy baho berib unga planshet sovg‘a qilishini takidlagandi. Ushbu sovg‘ani Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i Sh.Kichkilov topshirdi.
O.Xonimqulova yoshlarga berilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri I.Abduraxmonovga o‘z minnaddorchiligini bildirdi.
“Assalomu alaykum, Hurmatli Ibrohim Yulchiyevich!
Men Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi Tikuvchilik va kashtachailik to‘garagi ustozi O.Xonimqulovaman.
Tashrifingiz davomida men kabi yoshlarni milliy urf-odatlarimiz va qadriyatlarimizni yuqolib borayotgan an’ana va udumlarimizni tiklashda va ularga yangicha sayqal berib yoshlarga o‘rgatishimizdagi olib borayotgan ishlarimizni ko‘rib faoliyatimga ijobiy baho berganingiz meni yanada faol ishlashimga motivatsiya berdi.