Перейти к основному содержанию

Духовно-просветительская

Shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi keng nishonlandi

1 мин чтения 208
photo_2024-02-14_22-53-33

Denov tuman hokimligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi va hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida adabiy-badiiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda professor-o‘qituvchilar, shoirlar, yozuvchilar, talaba-yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Ushbu tadbirda so‘z olganlar buyuk sarkarda, shoh, shoir va yetuk qomusiy olim Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti, ijodi, boy ma’naviy merosi xususida atroflicha to‘xtalib o‘tishdi. San’atkorlar tomonidan Bobur g‘azallaridan yaratilgan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.

Viloyatimiz bo‘ylab buyuk bobokalonimizning 541 yilligi oliy ta’lim muassasalari, maktablar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, madaniyat markazlari va mehnat jamoalarida keng nishonlandi.

Поделиться: