Перейти к основному содержанию

Новости центра

Rahbar va yoshlar uchrashuvi

1 мин чтения 192
photo_2024-01-24_19-10-16

Yurtimizda yoshlar masalasi davlat siyosati darajasida ekanligi barchamizga birdek ayon. Binobarin dunyoda muqobili yo‘q Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta‘lim markazi talaba va tinglovchilari uchun ham barcha imkoniyat shart-sharoitlar mavjud.

Markazda tahsil olayotgan tinglovchilarning muammolarini hal etish, taklif va tashabbuslarini tinglash maqsadida rahbar va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.

Unda 150 nafardan ortiq tinglovchilar ishtirok etdi.

Markaz direktori tomonidan sport, kitobxonlik kabi sohalardagi ayrim kamchiliklarga to‘xtalib, mas'ullarga qisqa muddat ushbu kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Uchrashuvda markaz direktori Oybek Ro‘ziyev qilinayotgan sa'y-harakatlarning barchasi talaba-yoshlarning kelajagi uchun ekanligini, har jabhada yoshlarni qo'llab-quvvatlashini ta’kidlab, ularni yetuk mutaxassis bo'lishlariga ishonch bildirdi.

Поделиться: