Yangi yil bayrami barchaga birdek zavq ulashuvchi ayyomdir. Shu kunlarda Surxondaryo viloyatining shahar va tumanlarida ham ana shu bayram shukuhi hukmron. Korxona, tashkilot, taʼlim va tibbiyot muassasalari bayramona bezatilgan.
Shu jumladan, Аfgʼoniston fuqarolarini oʼqitish taʼlim markazida ham rango-rang panno va chiroqlar bilan bezatilgan bu esa afgʼonistonlik tinglovchi-yoshlarga bir olam zavq-shavq, koʼtarinki kayfiyat ulashmoqda. Barchaning qalbida farahbaxsh kunlar uchun shukronalik hissini oshirib, ezgu niyatlarni uygʼotmoqda.
Shuningdek, markazda yil davomida sitqi dildan mehnat qilgan professor-oʼqituvchi va ishchi xodimlar hamda yashshi babolarga o‘qigan tinglivchilar munosib ragʼbatlantirildi.
Bayram dasturxoni bezatildi.
Qor bobo va qor qiz ishtirokida baʼdiy-musiqiy va qiziqarli viktorina oʼyinlariga boy tadbir tashkil etildi.
Markazda Yangi yil shukuhi davom etmoqda.
