Перейти к основному содержанию

Международное сотрудничество

JICA vakillari Afg'oniston fuqarolarini o'qitish ta'lim markazida istiqbolli hamkorlik masalalarini muhokama qildi

2 мин чтения 347
photo_2026-07-30_16-03-11

Jica homiyligidagi Undp loyihasining xalqaro maslahatchisi Yuki Kawada xonim hamda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori Oybek Roʻziyev, Afg'oniston fuqarolarini o'qitish ta'lim markazi direktori I. Mamarajapovlar o‘rtasida samimiy va do‘stona ruhda uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, uchrashuv doirasida "Surxondaryo viloyatida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi, jumladan, Afg‘oniston fuqarolarining o‘zini o‘zi band qilish orqali mintaqada iqtisodiy faollikni rag‘batlantirish" loyihasi doirasida tashkil etilgan Training of Trainers (ToT) dasturiga ham alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur dastur Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida (ECTAC) O‘zbekiston–Yaponiya Markazi (UJC) mutaxassislari ishtirokida boshlandi. Treninglar trenerlar salohiyatini oshirish, zamonaviy tadbirkorlik va biznes boshqaruvi bo‘yicha bilim hamda amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan.

Loyiha BMT Taraqqiyot Dasturi (UNDP), Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamkorligida amalga oshirilmoqda.

Ushbu tashabbuslar O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi ilmiy-amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlash, hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish hamda xalqaro tajribani amaliyotga tatbiq etish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri hisoblanadi.

Поделиться: