O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi O‘zbek tili va adabiyoti bakalavr ta’lim yo‘nalishi talabalarining pedagogik amaliyot yakuniga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Konferensiyada talabalar pedagogik amaliyotga ishtirok etib, kuzatuv va mahorat darslari tahlillarini ko‘rsatib o‘tishdi. Konferensiyada Termiz tumani 16,-17,-20,-21 maktab direktorlari amaliyot rahbarlari ishtirok etishib o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar.
Amaliyotga faol ishtirok etgan talabalar va metodist o‘qituvchilar sertifikat va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
