SURXONDARYO VILOYATIDAGI AFG‘ONISTON FUQAROLARI UCHUN YANGI IMKONIYAT!
O’Z BIZNES REJANGIZ BORMI? INNOVATSION G’OYANGIZNI AMALGA OSHIRING!
BMT Taraqqiyot Dasturi (UNDP) tomonidan Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan UZAF/ECTAC loyihasi doirasida “Startap” biznes g‘oyalarni rivojlantirish uchun mini grantlar (4000 AQSh dollarigacha!) tanlovini e’lon qiladi!
Loyiha haqida qisqacha:
ECTAC loyihasi (2022–2026) Surxondaryo viloyatida Afg‘oniston fuqarolari (ayniqsa yoshlar va ayollar) uchun kasbiy ta’lim, qisqa muddatli kurslar va raqamli o‘qitish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.
Tanlovda Surxondaryo viloyatida yashovchi 20–55 yoshdagi barcha Afg‘oniston fuqarolari ishtirok etishlari mumkin.
Topshirish muddati (YANGILANDI):
Boshlanishi: 19-yanvar 2026
Oxirgi muddat: 7-fevral 2026
Manzil:
Afg‘oniston Fuqarolarini O‘qitish Ta’lim Markazi
(Termiz tumani, Sharof Rashidov mahallasi, Sayhun ko‘chasi 104-uy)
Batafsil ma’lumot va ariza shakli uchun markaz xodimlariga murojaat qiling!