Перейти к основному содержанию

Студенческая жизнь

Afg`onistonlik talabalar bilan

2 мин чтения 191
1-1

Termiz shahar 13-umumiy o`rta ta`lim maktabining 7 ``H`` sinf o`quvchisi Abdumo`minov Shahobiddin

Men va mening tengdoshlarim, Afg`oniston fuqarolarini o`qitish ta`lim markazi``ga sayohatga bordik.Sayohat davomida ta`lim markazining foaliyati, tahsil olayotgan talabalarning o`qish jarayoni bilan tanishdik.Ularga yaratilgan sharoitlar, zamonaviy o`quv xonalari, kompyuter jihozlari,zamonaviy kutubxona,dunyo talabiga javob beradigan sport zallari- afg`on yoshlarini puxta bilim olish uchun zamin yaratilgan ekan.Biz shuningdek ular ta`lim bilan birgalikda kasb- hunarga yo`naltirilganligini ko`rdik.Ular tikuvchilik,sartaroshlikka,gilam to`qish,haykaltaroshlik,tadbirkorlikka ham o`qitilar ekan. Sportga qiziquvchi yoshlarga ham sharoit yaratilib sport bilan shug`ullanishiga keng imkoniyatlar yaratilganligining guvohi bo`ldik.Maktabimiz o`quvchilari va afg`on talabari o`rtasida sportning futbol turi bo`yicha do`stlik uchrashuvi bo`lib o`tdi.Afg`on talabalari IT sohasi bo`yicha ham o`qitilar hamda turli yutuqlarga erishgan ekan va qimmatbaho sovg`alar bilan taqdirlangan ekanlar.Afg`on talabari o`qishdan tashqari mamalakatimizning turli tarixiy shaharlariga sayohatga borib turadi.Bizga o`quvchilarning sayohati davomida ta`lim markazining direktori O.Ro`ziyev hamrohlik qildi.

Sayohatimiz juda mazmunli o`tdi, shunga amin bo`ldimki, davlatimiz biz yoshlar uchun balki afg`on yoshlari uchun ham ulkan imkoniyatlar eshigini ochgan.Su sababli afg`on yoshlari o`qishdan bo`sh vaqtlarini ham mazmunli o`tkazib, turli ma`naviy va tarbiyaviy ahamiyatga ega tadbirlarda faol ishtirok etib kelishmoqda.

Biz yoshlar bundan o`rnak olib, yaratilgan sharoitlardan oqilona foydalanish kerakligini, kelajagimiz uchun yanada ko`proq o`qib o`rganishimiz kerakligini anglab yetdik. Qo`shni davlatlar yoshlari bilan do`stligimiz doimo bardavom bo`lsin.

Поделиться: