Перейти к основному содержанию

Духовно-просветительская

Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta‘lim markazining hurmatli jamoasi, yigitlari, aziz ustozlar!

1 мин чтения 171
photo_2024-01-13_13-35-58

Barchangizni davlatimiz hayotida eng muhim oʻrin tutuvchi Vatan himoyachilari kuni bayrami bilan samimiy tabriklaymiz.

Sizning timsolingizda ilmu maʼrifat, mardlik, jasorat, himmatu sabot mujassam ekani barchamizga iftixor bagʻishlaydi. Xalqimizda “Yigit omon boʻlsa, qoʻrgʻon salomat” degan gap bor. Shunday ekan, doimo bu oltin boshingiz toshdan boʻlsin, hamda bizni doimo himoya qilishda hoziru-nozir boʻling.

Sizlarni ushbu bayram bilan tabriklar ekanmiz, Ona yurtimizning osmoni musaffo, zamini tinch va osoyishta, vatandoshlarimiz hayoti toʻkin va farovon boʻlishini tilaymiz! Xonadoningizda fayzu baraka, ilmiy-pedagogik faoliyatingizda ulkan yutuqlar doimiy hamrohingiz boʻlsin!

Bayramingiz yana bir bora muborak boʻlsin!

Поделиться: