Перейти к основному содержанию

Международное сотрудничество

Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga Xalqaro Migratsiya tashkilotining Mintaqaviy tematik himoya bo‘yicha katta mutaxassisi Hezer Komenda boshchilikdagi delegatsiya tashrif buyurdi

2 мин чтения 203
58787418de2cef73a963f

Xalqaro_hamkorlik

2024 yil 31 yanvar kuni Xalqaro Migratsiya tashkilotining Xalqaro Migratsiya tashkilotining Mintaqaviy tematik himoya bo‘yicha katta mutaxassisi Hezer Komenda Xalqaro Migratsiya Tashkilotining O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi stajyori Chjenxua Malar Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga tashrif buyurdilar.

Mehmonlar tashrifni Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazining hozirgi holati, talabalar va tinglovchilar uchun yaratilgan sharoitlar va kelajakdagi imkoniyatlari bilan tanishishdan boshladilar.

Markaz rahbariyati bilan bo‘lgan muloqot davomida delegatsiya azolari markaz bilan Xalqaro Migratsiya Tashkiloti o’rtasida olib borayotgan ishlar yuzasidan ijobiy fikirlarni bildirdilar. Markaz rahbari O.Ro‘ziyev fikr bildirib 2022 yil 28-noyabrdan 3-dekabrgacha Afgoniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markazida Xalqaro migratsiya tashkilotining “Termizda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish” dasturi loyihasi doirasida 16 nafar xotin-qizlar (shundan 7 nafari afg’on, 9 nafar o’zbek) fuqarolari uchun tadbirkorlik yo’nalishida bir haftalik seminar trening tashkil etilgan edi. Seminar-trening Ishtirokchilarning har biriga Xalqaro migratsiya tashkiloti tomonidan qiymati 22 700 000 so‘mlik VAUCHER lar hamda planshetlar berilganligini va markazda bakalavr ta’lim yo‘nalishini bitirgan 11 nafar bitiruvchi-qizlarni Toshkent Nordik xalqaro universitetining magistratura bosqichida o‘qishni davom ettirishlari uchun shartnoma to‘lovlarni XMT tomonidan to‘lab berilganligi uchun o‘z minatdorchiligini bildirdi.

Shuningdek, Hezer Komenda xonim O’zbekistonga tashrifidan maqsadi, XMTlar bilan olib borayotgan ishlar hamda migratlar yordam qilish hamda afg‘onistolik migrantlarga yordam qilishni ekanligini ta'kidladi. Hezer Komenda tomonidan markaz bazasida O’zbekistonda vaqtincha istiqomat qilayotgan afg‘on fuqarolarini Moliya, Turizm yo‘nalishida qisqa muddatli kurslar o‘qitish takliflarni berdi.

Mehmonlar "Yashil makon" loyihasi doirasida markaz bog'ida ko'chat ekishdi.

Поделиться: