Vazir o'rinbosari markazda
Bugun Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o'rinbosari Komiljon Karimov Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta‘lim markaziga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida markazning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, axborot resurs markazi, o'quv va laboratoriya hamda amaliy san‘at to‘garagi xonalari, TTJda yaratilgan sharoitlar o'rganilib, markaz rahbariyatiga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.
