Asosiy mazmunga o'tish

Talabalar hayoti

Talabalar pedagogik va ishlab chiqarish amaliyotlarini o‘tashmoqda.

2 daqiqa o'qish 205
1

Afg‘oniston fuqarolarini o‘qtish ta’lim markazida pedagogik va ishlab chiqarish amaliyotiga talabalarni jalb qilish bo‘yicha markaz rahbariyatining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Afg‘oniston fuqarolarini o‘qtish ta’lim markazi va Termiz tumani maktablari o‘tasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan bo‘ib, amaliyot o‘tash bo‘icha maktablar bilaln shartnomalar tuzilgan. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan o‘quv rejaga asosan O‘zbek tili va adabiyoti hamda Yer usti transporti tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi bakalavr ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan 4-kurs talabalarni pedagogik va ishlab chiqarish amaliyotlarini amalga oshirish, tajriba almashinish maqsadida Termiz tumanidagi 16-17-20-21-maktablarda pedagoguk amaliyotga chiqarildi. Talabalar amaliyot davomida maktabning faoliyati bo‘yicha to‘liq ma’lumotlar olishib, tajribali o‘qituvchilarga biriktirildi va biriktirilgan o‘qituvchilar tomonidan “Mahorat darslari” tashkil etildi. Talabalar amaliyot davomida o‘zlari ham sohalari bo‘yicha dars tahlillariga jalb qilindi va sinov darslari o‘tkazilib kelinmoqda. Shuningdek, Yer usti transporti tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi ta’lim yo‘nalishi talabalarini Termiz lokomotiv deposiga amaliyotga jalb qilinib, ishlab chiqarish amaliyotini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib va ularni o‘zlari ta’mirlash faoliyatlari amalga oshirilmoqda. Barcha amaliyotlar bo‘yicha rahbarlar tayinlanib, amaliyotni o‘tash davomida ularga metodik va amliy yordamlar berish maqsadida metodistlar tayinlangan.

Ulashish: