2025-yil 5-aprel kuni Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta‘lim markazi jamoasi Termiz tumanidagi Xotirobod dashtlariga sayohat qilishdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi (PF-5326-son)
Farmon ijrosini ta’minlash, shuningdek, hududlarni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim omillaridan biri sifatida ichki turizmni jadal rivojlantirish, fuqarolarni mamlakatimizning madaniy-tarixiy merosi hamda tabiiy boyliklari bilan tanishtirish maqsadida markaz jamoasi uchun sayohat tashkil etildi.
