Asosiy mazmunga o'tish

Markaz yangiliklari

“Hokim va yoshlar” uchrashuvi: Yangi O‘zbekistonda Uchinchi Renessansni yoshlarimiz bilan quramiz!

2 daqiqa o'qish 195
photo_2023-12-22_19-20-45

Davlatimiz rahbarining yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan belgilab bergan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida tuman hokimi Shuxrat Nazarov yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tadbirda tuman sektor rahbarlari ham ishtirok etishdi.

– Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, siz yoshlar O‘zbekistonning eng katta boyligi, bebaho xazinasisiz. Sizlar bilan Yangi O‘zbekistonda Uchinchi Renessansni qurishni maqsad qilganmiz. Buning uchun yoshlarimizdan puxta bilim olib, o‘z ustilarida ko‘proq ishlari talab etiladi. Biz rahbarlar esa sizlarga buning uchun sharoit yaratib berishga mas’ulmiz – deya ta’kidladi tuman rahbari.

Ochiq muloqot shaklida o‘tkazilgan uchrashuv davomida yoshlarning muammo, murojaat va takliflari tinglandi. Har bir murojaat alohida nazoratga olinib, ijrosiga mas’ul belgilab berildi. Yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning bandligini ta’minlash, muammolarini hal etish, ijtimoiy reabilitatsiya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarning borishi haqida axborot berildi.

Shuningdek, bu boradagi ishlarni namunali tashkil etayotgan bir guruh mahalla yoshlar yetakchilari tuman hokimligi tashakkurnomalari va sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Tadbir so‘ngida tuman hokimi sektor rahbarlari bilan Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi faoliyati bilan tanishishdi.

Ulashish: