Asosiy mazmunga o'tish

Ma'naviy-ma'rifiy

Buyuk sarkarda shoh va shoir, zahiriddin muhammad boburning 540 yillik tavallud kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy kecha oʼtkazildi.

2 daqiqa o'qish 230
photo_2023-02-13_02-55-01

Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta‘lim markazida bo‘lib o‘tgan tadbirda markaz maʼmuriyati, professor-o`qituvchilar, tuman madaniyat bo‘limi xodimlari va talaba-yoshlar ishtirok etdi. Oʼtkazilgan kecha davomida shoir Zahiriddin Muhammad Boburning boy maʼnaviy merosi, davlat jamoatchiligining yirik namoyondasi sifatida O‘rta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va sheʼriyatida oʼziga xos oʼrin egallagan adib, shoir, olim boʼlishi bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda ekanligi, Bobur keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan boʼlsa, serjilo oʼzbek tilida yozilgan «Boburnoma» asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan ham joy olganligi; Uning nafis gʼazal va ruboiylari turkiy sheʼriyatining eng nodir durdonalari boʼlib, «Mubayyin» («Bayon etilgan»), «Xatgi Boburiy», «Harb ishi», Аruz haqidagi risolalari esa islom qonunshunosligi, sheʼriyat va til nazariyasi sohalariga munosib hissa boʼlib qoʼshganligi eʼtirof etildi. Shuningdek, afgʼonistonlik talaba-yoshlar shoirning ruboyilari hamda hayoti va ijodini aks etgan videorolik namoyishetildi, sahna koʼrinishlari ijro etildi. Tadbirda ijro etilgan g'azal, kuy va qo‘shiqlar ishtirokchilarga ko‘tarinki ruh bag'ishladi. Tadbir soʼngida kuni kecha xalqaro ilmiy konferensiyalarda o‘zlarining ilmiy maqolalari bilan istirok etgan hamda ushbu tadbirda faol ishtirok etgan bir guruhtalabalarimizga sertifikat va markaz fahriy yorliqlari topshirildi.

Ulashish: