Asosiy mazmunga o'tish

Xalqaro hamkorlik

BMTning O'zbekistondagi doimiy koordinatoriSabine Mahl xonim boshchiligidagi delegatsiyaning Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazga tashrifi

4 daqiqa o'qish 190
photo_2024-09-20_15-08-44 (4)

BMTning O'zbekistondagi doimiy koordinatori

Sabine Mahl xonim boshchiligidagi delegatsiyaning

Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazga tashrifi haqida

MA’LUMOT

2024 yil 20 sentabr kuni Markazga BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Sabine Mahl, BMT Taraqqiyot Dasturi O‘zbekistondagi vakolatxonasining rahbari Akiko Fujii, UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Rehina Mariya Kastijioni, Surxondaryo viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Ilhom Saparov, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori Oybek Ruziyev hamda BMTning O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan 25 ta tashkiloti vakillari Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga tashrif buyurdi.

Mehmonlar Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazining o‘quv va moddiy-texnik bazasi hamda tahsil olayotgan kurs tinglovchilari uchun yaratilgan shart-sharoitlar va kelajakdagi imkoniyatlari bilan yaqindan tanishishdilar.

Tashrif davomida mehmonlar Yevropa Ittifoqi va BMTTDning qo‘shma loyihasi doirasida 3 oylik “Startap” kurslarda tahsil olayotgan tinglovchilar bilan suhbatlashdilar.

Suhbat jarayonida, Markaz tinglovchilari tomonidan tashrif buyurganlarga o‘qishni bakalavr bosqichida davom ettirish uchun imkoniyatlar yaratilishida amaliy yordam ko‘rsatish takliflari berildi.

Tashrif davomida xorijiy mehmonlar BMTning Taraqqiyot dasturi va Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda “Аfg‘oniston fuqarolarini o‘qitish va kasbiy tayyorlash bo‘yicha Surxondaryo viloyatining salohiyatini oshirish” Loyiha doirasida 2024-2025 o‘quv yillarida 6 oylik qisqa muddatli kurslarda o‘qish istagini bildirgan afg‘on fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazdilar.

Uchrashuv davomida BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Sabine Mahl, BMT Taraqqiyot dasturi O‘zbekistondagi vakolatxonasining rahbari Akiko Fujii, UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Rehina Mariya Kastijioni, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori Oybek Ruziyev so‘zga chiqib loyihaning faoliyati haqida uchrashuv qatnashchilarga o‘z fikrlarini bildirdilar. Shu o‘rinda loyihani amalga oshirishga hamkorlik qilgan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda viloyat hokimligiga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

Termizda istiqomat qilayotgan Afg‘on fuqarolari vakili rahbari Nizomi Muhammad Qosim fikr bildirib, Afg‘on yoshlarini o‘qitishda yaqindan yordam berayotgan O‘zbekiston davlatiga va xorijiy tashkilotlar rahbarlariga chuqur minatdorchilik bildirdi. Loyihalar doirasida iqtisodiyot, kompyuter texnologiyasi, o‘zbek tili va adabiyoti, tibbiyot va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavr ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida va ularni moliyaviy qo‘llab- quvvatlash taklifini bildirildi.

Shu o‘rinda 2024-2025 o‘quv yilida kurslarga o‘qish istagini bildirgan tinglovchilar so‘zga chiqishib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, viloyat hokimligi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbar va mas`ullariga o‘zlarining chuqur minnatdorchiliklarini bildirib o‘tdilar hamda tinglovchilar tomonidan xorijiy mehmonga o‘qishni magistratura va bakalavr bosqichida davom ettirish istaklari mavjudligini, shu sababli ularni ushbu imkoniyatdan foydalanishga amaliy yordam ko‘rsatish taklifini berdilar.

O‘z o‘rnida Sabine Mahl tinglovchilar tomonidan berilgan takliflarni BMT O‘zbekistondagi vakolatxonasiga borganda, berilgan takliflar hamda markaz imkoniyatlaridan yanada kengroq foydalanish masalasi yuzasidan uchrashuv o‘tkazilishi haqida ta’kidlab o‘tildi.

Xalqaro aloqalar bo‘lim boshlig‘i N.Xo‘jamurodov

Ulashish: