Asosiy mazmunga o'tish

Ma'naviy-ma'rifiy

Ayollar oila va jamiyat ustuni

2 daqiqa o'qish 250
8-march

Barchamiz orziqib kutgan so'lim bahor kirib kelishi bilan tabiat ochilib, ko'ngillarimiz yorug' tuyg'ularga to'lib boradi. Biz bugun yaratganning buyuk mo'jizasi bo'lgan, hayot davomiyligi va abadiyligini o'zida mujassam etgan ayol zotini, tabarruk onalarni ulug'lar ekanmiz, beixtiyor mutafakkir bobomiz Alisher Navoiyning "Jannat onalarning oyog'i ostidadir” degan mazmundagi so'zlarini eslaymiz va muqaddas Ona siymosi oldida ta'zim qilamiz.

8 mart – “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta‘lim markazida keng miqyosda nishonlandi. Barcha yo‘nalishlarda “Onalarga ta'zim”, “Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol”, “Ayol borki, olam munavvar” nomli bayram tadbirlari o'tkazildi. O‘tkazilgan tadbirlarda markaz iqtidorli talabalari va san‘atkorlar tomonidan she‘r, kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.

Markaz direktori Oybek Ro‘ziyev markazda faoliyat olib borayotgan munis va moʼtabar ayollar, xotin-qizlarni bayram shodiyonalari bilan samimiy qutlab, ularning fidokorona mehnatiga yuksak baho berdi.

“Аyollar birinchi navbatda, oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va koʼrkidir. Jamoa – bu bir oila demakdir. Markazda biz bilan bir qatorda, bir jamoa boʼlib, munosib hissa qoʼshib kelayotganingiz uchun Sizlardan cheksiz minnatdorman”, – dedi markaz direktori.

Bayram tadbirlari yakunida markazda faoliyat yuritib kelayotgan ayol-qizlar jamoasi hamda talaba- qizlarga esdalik sovg‘alari topshirildi va bayram dasturxoni tashkil etildi.

Ulashish: