Asosiy mazmunga o'tish

Xalqaro hamkorlik

Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida “Yevropa ittifoqi xonasi” va “Kovorking markazi” tashkil etildi

1 daqiqa o'qish 200
photo_2023-01-27_12-40-55

Termiz tumanidagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida Yevropa Ittifoqi, BMT Taraqqiyot dasturi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida amalga oshirilayotgan qiymati 1 million yevro bo‘lgan “Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish va kasbiy tayyorlash bo‘yicha Surxondaryo viloyatining salohiyatini oshirish” loyihasi doirasida tashkil etilgan zamonaviy bilimlar markazi foydalanishga topshirildi.

https://youtu.be/rFGxgnHnbOQ

Mazkur markazning ochilish marosimida Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian Xonim va BMT Taraqqiyot dasturining Oʻzbekistondagi Doimiy vakili Matilda Dimovska xonim ham ishtirok etdi. Ular “Surxondaryo viloyatining Afgʻoniston fuqarolarini oʻqitish va tayyorlash borasidagi salohiyatini mustahkamlash” tashabbusi doirasida moliyalashtirilayotgan markaz faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Hozir shu haqda.

Ulashish: