Перейти к основному содержанию

Международное сотрудничество

Xalqaro aloqalar

1 мин чтения 195
IMG_8131

2025-yil 29-aprel kuni Buyuk Britaniya elchisi Timoti Smart O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga tashrif buyurdi. Elchi markazning o‘quv va moddiy-texnik bazasi hamda Afg’onistonlik talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va kelajakdagi imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdi. Amalga oshirilgan ishlar va yaratilgan sharoitlardan hayratda ekanligi ta'kidladi. Shuningdek, elchi Ta’lim markazining talabalarni jalb qilish jarayoni, kelajakdagi rejalari haqida, xalqaro tashkilotlar va xalqaro Ta’lim dargohlari bilan aloqalari haqida qiziqish bildirdi. O’zbekiston va Buyuk Britaniya universitetlari o’rtasida yuzlab hamkorlik shartnomalari imzolanganligi, agarda Buyuk Britaniya universitetlari bilan hamkorlik qilish istaklari tug’ilsa va amaliy yordam kerak bo’lsa bemalol elchixonaga murojaat qilishi mumkinligini ta'kidlab o’tdi.

Поделиться: