Перейти к основному содержанию

Новости центра

Tashrif

1 мин чтения 212
photo_2025-02-21_14-08-55

Joriy yilning 20 fevral kuni Xalqaro migratsiya tashkilotining O‘zbekistondagi missiyasi doimiy vakili Endryu Grey hamda tashkilot vakili Jenxua Malar Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida o‘zaro hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar, kelgusida hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
O‘z navbatida, Ta’lim markazi direktori I.Mamarajapov hozirgi kunda BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda turli kasblarni o‘qitishga ixtisoslashgan 6 oylik kurslarda 165 nafar afg‘on fuqarolari tahsil olayotganligini ta’kidlab o‘tdi.
Endryu Grey tashkilotning asosiy hamkori Kanada Immigratsiya, qochoqlar va fuqarolik vazirligi ekanligini ta’kidlab, Kanada tomoni O‘zbekistonda hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalardan mamnun ekanligini ma’lum qildi va ta’lim markazi tomonidan bildirilayotgan takliflarni batafsil o‘rganib, kelgusida amalga oshirish masalasini muhokama qilishga kelishib olindi.

Поделиться: