Перейти к основному содержанию

Новости центра

Tabriklaymiz

1 мин чтения 188
photo_2025-04-18_08-52-11

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti jamoasiga!
Muhtaram institut jamoasi!
Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining tashkil topganiga 5 yil to‘lishi munosabati bilan Sizlarni Afg'oniston fuqarolarini o‘qitish ta'lim markazi jamoasi nomidan muborakbod etamiz!
Ushbu qisqa davrda institut ilm-fan, ta'lim va tarbiya sohalarida ulkan yutuqlarga erishib, yosh avlodni yetuk mutaxassis etib tayyorlash yo‘lida samarali faoliyat olib bormoqda. Institut tomonidan amalga oshirilayotgan ilg‘or tashabbuslar, xalqaro hamkorlik va sifatli ta’limga qaratilgan sa’y-harakatlar tahsinga loyiqdir.
Markazimiz institut bilan samarali hamkorlikni qadrlaydi va ushbu hamkorlik yanada mustahkamlanib, yurtimizning taraqqiyoti va xalqaro do‘stlik aloqalarini mustahkamlash yo‘lida xizmat qilishiga ishonamiz.
Sizlarga sihat-salomatlik, bardavom muvaffaqiyatlar, institutga esa porloq kelajak va yangi zafarlarga boy bo‘lgan yo‘l tilaymiz!
Hurmat bilan,
Afg'oniston fuqarolarini o‘qitish ta'lim markazi jamoasi!

Поделиться: