Перейти к основному содержанию

Духовно-просветительская

Maʼnaviy-maʼrifiy targʻibotchilarga guvohnomalar topshirildi

2 мин чтения 192
photo_2023-05-12_15-57-11

Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta‘lim markazida “Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha eng faol targ‘ibotchi” respublaka tanlovining Surxondaryo viloyati bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan targ‘ibotchilarni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Unda “Maʻrifat” targʻibotchilar jamiyati aʻzolari, Respublika Maʻnaviyat va maʻrifat markazi viloyat boʻlimi rahbari va xodimlari, Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta‘lim markazi professor-oʻqituvchilari hamda talabalar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida, joylardagi targʻibotchilarni jamiyatdagi oʻrni va nufuzini oshirish, milliy maʼnaviyatimizni rivojlantirish, ilm-fan, madaniyat va sanʼat, badiiy ijod sohalarining maʼnaviy-maʼrifiy taraqqiyotimizdagi oʻrni va rolini yanada oshirishda qo‘shgan hissasi uchun Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta‘lim markazi direktori Ro‘ziyev Oybek Abdino‘minovichga Respublika Ma‘naviyat va ma‘rifat Kengashi, Respublika Ma‘naviyat va ma‘rifat markazi, "Ma‘rifat" targ‘ibotchilar jamiyati a‘zosi guvohnomasi hamda ko‘krak nishoni topshirildi.
Markaz jamoasi navbatdagi ushbu unvon bilan markaz direktori Ro‘ziyev Oybek Abdimo‘minovichni samimiy muborakbod etadi.

Поделиться: