Перейти к основному содержанию

Новости центра

Madhiyamizning 30yilligi

2 мин чтения 217
photo_2022-12-10_22-42-32

Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta‘lim markazida 10-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining 30 yilligi munosabati bilan “Madhiya - istiqlol va milliy g‘urur timsoli” mavzusida ma‘naviy-ma‘rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda markaz direktori, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etishdi. Markaz direktori O.Ro‘ziyev tadbirni kirish so‘zi bilan ochib; Davlatimiz madhiyasi qudratli kuchga ega. Ona Vatanini sevgan, o‘zi tug‘ilib o‘sgan yurtga daxldor deb bilgan har bir kishi uning qudratini his qilishi shubhasiz. Xalqaro maydonlarda yurt sha’ni uchun maydonga chiqqan har bir insonning hayolida Ona Vatan bayrog‘ini baland ko‘tarish, madhiyasini baralla yangratish orzusi bo'lishi tabiiy. Barchangizga yurt bayrog'larini yuksaklarga ko'tarish va har doim madhiyalar yangrashini eshitish nasib qilishligini tilab qolaman, deb ta‘kidlab o‘tdi.
Shuningdek, tadbirda markaz professor-o’qituvchilari so‘zga chiqib, madhiyamizning yaratilish tarixi haqida atroflicha ma’lumot berib o‘tdilar. Tadbir davomida madhiyamiz yaratilish tarixini aks etgan videorolik namoyish etildi. Tadbir yakunida talabalar ham o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.

Поделиться: