Перейти к основному содержанию

Образование

Hayʼat yigʻilishi

1 мин чтения 201
photo_2023-07-20_19-29-36

Bugun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov rahbarligida navbatdagi kengaytirilgan hayʼat yigʻilishi oʻtkazildi.

Unda vazirlik masʼullari, tizim tashkilotlari, oliy va professional taʼlim muassasalari rahbarlari, hududiy boshqarmalar boshliqlari ishtirok etdi. Yigʻilish davomida oliy taʼlim muassasalarida 2022/2023-oʻquv yilini yakunlash va yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik holati masalalari muhokama qilindi.

Shundan soʻng, oliy taʼlim muassasalarida 2023/2024-oʻquv yili uchun qabul jarayonlari, kasbiy (ijodiy) imtihonlarni oʻtkazish boʻyicha olib borilayotgan ishlar va amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar toʻgʻrisida axborot berildi. Vazir masʼullarga maʼmuriy islohotlar doirasida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi faoliyatini yoʻlga qoʻyish hamda sohani tartibga solish boʻyicha davlat rahbarining qaroridan kelib chiqib, oliygohlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar boʻyicha tegishli topshiriqlar berdi.

Поделиться: