Перейти к основному содержанию

Новости центра

2025-yil 4-fevral kuni Afg'oniston fuqarolarini o'qitish ta'lim markazida Termiz...

1 мин чтения 162
photo_2025-02-07_09-55-57

2025-yil 4-fevral kuni Afg'oniston fuqarolarini o'qitish ta'lim markazida Termiz tumani Ijtimoiy himoya agentligi tomonidan tashkil etilgan "Farovon oila” treninglari bo'lib o'tmoqda.

Ma'lumki, Ijtimoiy himoya milliy agentligining asosiy maqsad va yo'nalishlaridan biri ehtiyojmand aholi qatlamini og'ir ijtimoiy vaziyatdan chiqarish, ularga bu borada har tomonlama ko'mak berib, ijtimoiylashuvini ta'minlashdir.

Shunga asosan, Termiz tumanidagi Sh.Rashidov, Bunyodkor, Guliston mahallarida yashovchi xotin-qizlar uchun “Farovon oila” treninglari o'tkazilmoqda.
Mazkur seminar-treninglarda mahallalardagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oila vakillari ishtirok etishdi. Ularga "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlarining malakali psixologlari tomonidan darslar o'tildi.

Поделиться: