Перейти к основному содержанию

Новости центра

21-Oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun!

1 мин чтения 180
f544465d-ed10-4677-9842-80629c00b0cd-medium.webp
rasm_500KB

2026- yil 21- oktyabr kuni Afg'oniston fuqarolarini o'qitish ta'lim markazida 21-oktyabr-O'zbek tili bayrami munosabati bilan tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida Ona tilimiz — yurtimiz mustaqilligining maʼnaviy tayanchi, xalqimiz birdamligining ramzi ekanligi aytib o'tildi. Tadbirda markaz ishchi - xodimlari, o'qituvchilar va tinglovchilari faol ishtirok etishdi.

1989-yil 21-oktabrda “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinib, o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Bu tarixiy voqea xalqimizning milliy o‘zligini anglash, ona tilimizni asrab-avaylash va uning nufuzini yuksaltirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.


O‘zbek tili – ajdodlarimizdan meros, qalbimizga yaqin va kelajak avlodlarga bezavol yetkazishimiz lozim bo‘lgan bebaho boylikdir. Uni e’zozlash, adabiy til me’yorlariga rioya qilish va kundalik hayotimizda to‘g‘ri qo‘llash har birimizning burchimizdir.

Поделиться: