اصلي منځپانګې ته ولاړ شئ

د مرکز خبرونه

Zakovat 2025

1 دقیقې لوستل 216
photo_2025-04-14_14-16-44

Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta‘lim markazida Zakovat intellektual klubining navbatdagi bellashuvi bo‘lib o‘tdi. Ushbu bellashuv Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Zakovat intellektual oʼyinini aholi oʼrtasida ommaviy-maʼrifiy harakatga aylantirish va boshqa intelektual oʼyinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʼgʼrisi”da 2022 yil 20 yanvardagi PQ-96 sonli qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil etildi.
Markazda Termiz tumanidagi 17-sonli umumta'lim maktabi va 21-sonli umumta'lim maktabi o'quvchilari o'rtasida Zakovat bellashuvi oʼtkazildi. Ushbu bellashuvda yoshlar katta qiziqish bilan ishtirok etib, oʼz iqtidorlarini namoyon etdi.

شریکول: