Bugun BMT Taraqqiyot Dasturining Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Matilda Dimovska, BMTQOK Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakili Hans Friedrich Schodder, ularning yordamchilari va loyiha menedjerlari hamda O‘zbekiston Respublikasi tabiyat resurslari vazirligi vakillari Jarqo‘rg‘on tumani tashrif buyurdi. BMTning taraqqiyot dasturi, UNHCR, UNECE, Ekologiya davlat qoʼmitasi hamda Аfgʼoniston fuqarolarini oʼqitish taʼlim markazi bilan hamkorlikda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Jarqo‘rg‘on tumani "Yangi O‘zbekiston" massivi hududida jami 260 ming tup saksovul va daraxt ko‘chatlari ekish uchun ajratilgan yer maydonida olib borilgan amaliy ishlar bilan yaqindan tanishib, ushbu bog‘ni ochilish marosimida ishtirok etdi.
Shuningdek, tadbirda tumandagi davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, Аfgʼoniston fuqarolarini oʼqitish taʼlim markazi xodimlari hamda afgʼoniston fuqarolari ishtirok etdilar.
