اصلي منځپانګې ته ولاړ شئ

نړیواله همکاري

Xalqaro hamkorlik

2 دقیقې لوستل 194
photo_2023-01-26_17-11-09

Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian va BMT Taraqqiyot Dasturining Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Matilda Dimovska, ularning yordamchilari va loyiha menedjerlari, Surxondaryo viloyati xokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Z.Xidirova hamda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Termizdagi konsullik rahbari R.Nazarovlar tashrif buyurdilar hamda Markaz rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdilar.
Yig‘ilishni markaz direktori O.Ro‘ziyev kirish so‘zi bilan ochib, markazga tashrif buyurgan mehmonlarga minnatdorchilik bildirib, Yevropa Ittifoqi va BMT Taraqqiyot Dasturining qo‘shma loyihasi asosida tashkil etilgan 1 yillik va 3 oylik kurslaring natijalari hamda erishilgan yutuqlar so‘zlab berdi.
Shuningdek, Surxondaryo viloyati xokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Z.Xidirova so‘zga chiqib, xorijiy mehmonlar bilan amalga oshirilayotgan hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirib, ularning sa‘y harakatlari bilan nafaqat Afg‘oniston fuqarolariga balki Surxondaryo viloyatida istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan aholi qatlamiga ham beg‘araz yordam ko‘rsatilayotganligini ta’kidladi.
O‘z navbatida, YeIning O‘zbekistondagi elchisi Sh.Adrian ham hukumatiz bilan hamkorlik qilishdan mamnunligini va Afg‘oniston fuqarolariga doimiy ravishda yordam berishga tayyor ekanligini bildirdi.
Tashrif davomida, horijiy mehmonlar Markaz bazasida tashkil etilgan “Yevropa ittifoqi xonasi” va “Kovorking markazi”ning rasmiy ochilishi hamda 3 oylik kurslarni tamomlagan 30 nafar (51 nafardan) tinglovchilarga maxsus sertifikatlar topshirish marosimida ishtirok etdilar.
Tashrif yakunida grant doirasida markaz uchun 28 o‘rinli zamonaviy rusmdagi avtobus tantanali ravishda topshirildi.

شریکول: