اصلي منځپانګې ته ولاړ شئ

د محصلینو ژوند

Tashrif davom etmoqda…

2 دقیقې لوستل 232
IMG_20231028_132301

2023 yil 26 oktyabr kuni Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vaziri I.Abduraxmonovning Markazga tashrifi doirasida berilgan topshiriqlar hamda 2023 yil 22 iyuldagi 91-sonli bayonnoma ijrosi yuzasidan, Andijon davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri, dotsent Yusupova Sevara Nizamitdinovna, Andijon Mashinasozlik instituti Xotin -qizlar masalalari bo`yicha rektor maslahatchisi Xalikova Muxtaram Nabiyevna, Andijon davlat chet tillar instituti Xotin -qizlar masalalari bo`yicha rektor maslahatchisi, falsafa fanlari doktori Kodirova Nargizaxon Muxtarovna boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Tashrif davomida mehmonlar Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazining hozirgi holati, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar va kelajakdagi imkoniyatlari bilan tanishishdan boshladi.Ushbu delegatsiyani Talabalar bilan ishlash bo`yicha direktor o`rinbosari Ramazonov Farrux Hamrayevich, O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari Orolov Bahrom Nurfayziyevich, Afg`oniston fuqarolarini o`qitish ta`lim markazi xotin -qizlar kengashi raisi Shametova Gulnora Rashidovna hamrohlik qildi.

Mehmonlarda markazda yaratilgan shart-sharoitlar, talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar, to`garak xonalari va unda olib borilayotgan innovatsion g`oyalar katta ta`surot qoldirdi.

⚡️Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!

Telegram | Website | YouTube

شریکول: