اصلي منځپانګې ته ولاړ شئ

نړیواله همکاري

Markazga Yaponiyaning “Xalqaro xamkorlik tashkiloti” (JICA) vakillari tashrif buyurdi

1 دقیقې لوستل 198
photo_2023-05-26_17-38-13

Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta‘lim markaziga Yaponiyaning “Xalqaro xamkorlik tashkiloti” (JICA)ning Janubiy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Shimizu Koji va ushbu tashkilotning Afg‘onistondagi vakolatxonasi rahbari maslahatchisi Daizumoto Yukilar tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida xorijiy mehmonlar markazda yaratilgan sharoitlar bilan to’liq tanishib chiqdi hamda 4-bosqich “O‘zbek tili va adibyot” ta’lim yo‘nalishi talabalari hamda ta’lim muassasasida Yevropa Ittifoqi va BMT TD ning qo‘shma loyihasi doirasida 1 yillik kurslarda tahsil olgan tinglovchilar bilan suhbatlashdilar.

Suhbat jarayonida, Markaz talabalari va tinglovchilar tomonidan xorijiy mehmonlarga o‘qishni magistratura va bakalavr bosqichida davom ettirish istaklari mavjudligini, shu sababli ularni ushbu imkoniyatdan foydalanishga amaliy yordam ko‘rsatish taklifini berdilar.

O‘z navbatida Shimizu Koji ushbu taklifni Yaponiya elchisiga etkazib amaliy yordam berishlik uchun maksimal darajada harakat qilishliklarini bildirdi.

شریکول: