اصلي منځپانګې ته ولاړ شئ

فرهنګي او روزنیز

#Maqola

5 دقیقې لوستل 192
832__85_768795415

Hind elining qalbidan joy topgan podshoh

Termiz davlat universiteti O‘zbek tili va

adabiyot yo‘nalishi 2-kurs talabasi

Abdumo‘minova Dildora Oybek qizi

Annotatsiya: Maqolada yetuk kamolot egasi, ulug‘ sarkarda, buyuk tarixiy shaxs, shoh Zahiriddin Muhammad Boburning insoniy fazilatlari, hind xalqiga bo‘lgan ehtiromi haqida ma’lumotlar o‘rin olgan.

Kalit so‘zlar: harbiy mashq, Axsi, temuriyzoda, Ibrohim Lo‘di, Movaraunnahr, shahid, hind, afg‘on, g‘ozi, Qobul, G‘azna, Dehli, xutba.

Zahiriddin Muhammad Bobur buyuk tarixiy shaxs, sarkarda, shoh, shoir shu bilan birgalikda yetuk kamolot egasi. Ul kishining boshqa podshohlardan ajralib turuvchi shunday jihatlari borki, “Boburnoma” asarini o‘qib chiqqan zukko kitobxon anglab oladi. Shoirning Farg’ona viloyatining poytaxti Andijonda tug’ilib, temuriyzodalardan bo‘lganini hammamiz yaxshi bilamiz. Chunki boshlang‘ich ta’limdan ustoz va murabbiylar ongimizga insoniy sifatlar orqali buyuk bobokalonlarimiz haqidagi ma’lumotlarni chuqur singdirganlar.

Mirzo Bobur yuqori saviyali muallim va murabbiylar tomonidan tarbiyalandi, tez orada xat- savodini chiqarib, ilm- fan, adabiyot va tarix bilan shug‘ullana boshlaydi. U ko‘p vaqt harbiy mashq va ov bilan mashg‘ul bo‘ladi. Umarshayx mirzo kabutar ishqibozi bo‘lgani uchun ham o‘zi barpo qilgan Axsi qo‘rg‘onida jar yoqasiga kabutarxonalar qurdirgan edi. Tasodifan u kabutarxonalari bilan birga jarga qulab ketib, halok bo’ladi. Umarshayx mirzodan uch o‘g‘il va besh qiz qoladi. O‘g‘illarining eng kattasi 12 yoshga qadam qo‘ygan Bobur taxt vorisi edi. Shuning uchun taxtga Bobur chiqdi. U bek atkalari Mazidbek va Boboquli Bobo Alibeklar, tadbirkor onasi Qutlug‘ Nigorxonim rahbarligi va ko‘magida davlatni boshqaradi. Bostirib kelayotgan dushman hujumini mohirlik bilan qaytarib, uni chekinishga majbur qiladi. Bu yosh Boburning birinchi va katta g‘alabasidan biri sifatida tarixda qolgan.

Shundan so‘ng Bobur Samarqandni 1498-yilda egallab oladi, o‘shanda u 15 yoshda edi. Biroq Samarqandning ichki vaziyati u kutganicha bo‘lib chiqmadi. O‘zaro feodal urushlar va haddan oshgan oliq - soliqlar natijasida shahar nihoyatda qashshoqlashgan edi. 100 kunlik hukmronlikdan so‘ng Bobur Samarqandni tashlab chiqib ketishga majbur bo‘ladi.

Shu zaylda Bobur Samarqandni uch marta qo‘lga kiritadi. Lekin bari yutuqlar muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlanadi. Movarounnahrda yirik va mustahkam davlat vujudga keltirishga ko‘zi yetmagan Bobur “tokay bu Farg‘ona viloyatida sargardon bo‘lib turmoq kerak, bir tarafg‘a talab qiloyin” deb, 1504 yilda 300dan ortiq yigiti bilan Afg‘onistonga qarab yurdi. Bobur urushsiz va talovsiz Qobulni va G‘aznani egallaydi. Bu orada Shayboniyxon Hirotni ham egallaydi. Bu hol Hindistonga yurish qilish niyatida yurgan Boburning harakatlarini yanada kuchaytiradi. Avvallari Bobur Hindistonga bir necha bor hujumlar qildi, 1525-yilda esa Hindistonga katta yurish boshladi va shu yili butun Panjob viloyatini egallab, Dehliga yurish boshladi. U yerda afg’on sulolasiga mansub bo’lgan Ibrohim Lo‘di sultonlik qilar edi. Ibrohim Lo’dining harbiy kuchi Boburnikiga qaraganda bir necha bor ko‘p bo‘lishiga qaramay, Bobur ajoyib harbiy san’ati, “to‘lg‘ama” deb nomlangan taktikasi bilan Ibrohim Lo‘dini yengdi. 27-aprelda Dehlida Bobur nomiga xutba o‘qildi. Shu bilabn Zahiriddin Muhammad Bobur Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos soldi.

Ayni paytda Hindiston kichik-kichik hokimliklardan va rojalardan iborat edi. Boburning Hindistonni katta va markazlashgan davlatga aylantirdi, shuningdek, Hindistonning xo‘jalik hayotiga, madaniyati va obodonchiligiga katta e’tibor berdi. U ariq va kanallar ochtirdi, suvsiz yerlarga suv chiqarib, ekin maydonini kengaytirdi, bog‘lar barpo qildirdi, turli binolar qurdirdi. U Hindistondagi xilma-xil qabila va xalqlarning urf - odat va rasm - qoidalariga qarab ish ko‘ra boshladi. Atrofiga olim va fozil kishilarni to‘pladi. Hind olimlaridan Shayxorani o‘ziga vazir va maslahatchi qilib tayinladi.

U davlat ishlari bilan band bo‘lsada, ijodni ham to‘xtatib qo‘ymadi. Shoir asarlari, ruboiylari, g‘azallarida Vatan vasfiga yetish bir umrlik armonga aylanganligini, uni qo‘msash, sog‘inch hissi naqadar qalbini ezayotganligini o‘kinch bilan ifoda etdi. Shu bois har bir kitobxon uning me’rosiga nazar tashlaganda, Vatan eng buyuk kalom ekanligini chuqur his etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. www.ziyouz.com kutubxonasi

2. ” Yulduzli tunlar” P. Qodirov. Toshkent – 2001.

3. “Boburnoma” Z. M. Bobur. Toshkent – 1999.

4. “Boburnoma”. Saviya.@.uz. saviya.uz.@

شریکول: