اصلي منځپانګې ته ولاړ شئ

زده کړه

Jarayon

1 دقیقې لوستل 206
photo_2023-07-21_19-34-34

Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Surxondaryo viloyatida xizmat safari bilan bo‘lib turibdi.

Vazir dastlab Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti hamda tuman Bolalar va oʻsmirlar sport maktabiga tashrif buyurdi. Bu yerda 2023/2024-oʻquv yili uchun test sinovlari oʻtkazilishiga moʻljallangan 480 oʻrinli va 240 oʻrinli binolar ko‘zdan kechirildi. So‘ng Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumidagi 240 oʻrinli bino koʻzdan kechirib, mavjud muammo va kamchiliklarni tez fursatda bartaraf etish choralarini koʻrish boʻyicha aniq koʻrsatmalar berildi.

Ikki kunlik tashrif davomida viloyatdagi oliy taʼlim muassasalari faoliyati, test sinovlari oʻtkazilishi belgilangan binolardagi tayyorgarlik holati bilan yaqindan tanishish rejalashtirilgan.


شریکول: