اصلي منځپانګې ته ولاړ شئ

زده کړه

Jahonda tengi yo’q Afg’oniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markazi

7 دقیقې لوستل 188
photo_2023-04-14_19-23-49-1

Jahonda tengi yo’q Afg’oniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markazi

E’zoza Abdimo’minova - Termiz Shahridagi

13-Umum ta’lim maktab o’quvchisi

Bugun ustozimizning tashabbuslari bilan Ochiq eshiklar kuni doirasida Surxondaryo viloyatining Termiz tumanida joylashgan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Afg’oniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markaziga tashrif buyurdik.

Bizni Markaz rahbariyati va Afg’onistondan kelib ta’lim olayotgan Afg’on yoshlari bilan Markazni yaqindan tanishtirdilar. Ushbu Markazni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan 2017-yil 10-sentyabr kuni Qozog‘istonning Ostona shahrida tashkil etilgan “Islom hamkorlik tashkiloti” Sammitida Afg‘oniston bilan chegaradosh bo‘lgan Surxondaryo viloyati Termiz tumanida, afg‘on fuqarolarini o‘qitishga mo‘ljallangan o‘quv markazini tashkil etish rejalashtirilib maxsus qarorga asosida tashkil etilgan ekan.

Markaz o’quv binosida 750 o’rinlik zamonaviy 3 qavatdan iborat o‘quv binosi, 400 o‘ringa mo’ljalangan barcha qulayliklarga ega bo’lgan talabalar turar joyi, Axborot resers markazi, o’quv va labaratoriya xonalari, zamonaviy axborot resurs markazlari, sport zallari, lingafon, kasb-hunar (tikuvchilik, gilam to’quvchilik, kashtachilik, sovundan gul shakllari tayyorlovchi, haykaltarosh, kulolchilik, hattotchilik, ayyollar va erkatlar sartaroshi, elektr asboblarini ta’mirlash, charx va boshqa hunarlarni) o’rgatuvchi xonalarni hamda kichik nashriyotni yaqindan ko’rdik.

Markazda o’qiyotgan iqtidorli talabalari va ustozlari bilan “Muvaffaqiyatga erishish sirlari” mavzusida ochiq muloqat o’tkazilishi bizga katta qiziqish va taasurotlar uyg’otdi. Ya’ni, Markaz rahbari O.Ro’ziyev qisqa 6 yil ichida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlari to’g’risida bizga aytib berdilar. Ya’ni,

- 2017-2019 o‘quv yili davomida 96 nafar “O‘zbek tili va adabiyoti” yo‘nalishida tahsil oldilar va Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va abadiyoti universitetining bakalavr diplomiga ega bo‘ldilar;

- 2018-2022 o‘quv yillari davomida 25 nafar "Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi" yo‘nalishida tahsil oldilar va Toshkent davlat transport universitetining bakalavr diplomiga ega bo‘ldilar;

- 2020-2021 o‘quv yilida Afg‘onistonlik 41 nafar yoshlar “O‘zbek tili” o’rganish o’quv kursida tahsil olib sertifikatga ega bo‘ldilar va o‘z qiziqishlari bo‘yicha O‘zbekistonning 7 ta universitetlariga bakalavr mutaxassisligiga grant asosida o‘qishga qabul qilindi;

- Markaz qisqa 6 yilda dunyoning qator xorijiy davlatlari va Xalqaro tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarni yo’lga qo’yildi. Jumladan, Xitoy Xalq Respublikasi, Germaniyaning GIZ xalqaro tashkilotlari va AQShning USAID xalqaro tashkilotlari bilan bilan hamkorlikda 77 nafar afg’on fuqarolari qisqa muddatli o’quv kurs va seminarlarga o’qitilib sertifikatlar taqdim etildi;

- Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi va Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikdagi, ya’ni “Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish va kasbiy tayyorlash bo‘yicha Surxondaryo viloyatining salohiyatini oshirish” loyihasi asosida 2022-2023 yillarida 200 nafar afg’on fuqarolarini 1 yillik va 3 oylik qisqa muddatli o’quv kurslarda o’qitildi;

- Markaz faoliyati davomida 424 nafar talaba va tinglovchilarni o’qitib mutaxassis kadrlar qilib tayyorlab berdi, shundan 140 nafari ayollardan iborat. Shu o’rinda aytish joyizki 13 nafar bakalavr ta’lim yo’nalishini tugatgan talabalar O’zbekiston Respublikasi OTMga magistraturaga o’qidilar va 2 nafari doktorlik dissertasiya ishlarini amalga oshirish bo’yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar;

- O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati hamda Xalqaro migratsiya tashkilotini hamkorligida 2022 yilning 28-noyabr 3-dekabr kunlari ta’lim markazida “Termizda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish” dasturi doirasida 16 nafar xotin-qiz(shundan 7 nafari afg’on, 9 nafar o’zbek)lar uchun tadbirkorlik yo’nalishida bir haftalik seminar trening tashkil etildi. Ushbu seminar ishtirokchilarning har biriga o’z tadbirkorligini amalga oshirish maqsadida qiymati 22 700 000 so’mlik VAUCHER lar hamda planshetlar berildi;

- Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Surxondaryo viloyat hokimligining ko‘magida Afg‘onistonlik talaba va tinglovchilarga ta’lim va tarbiya berish borasida salmoqli ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Bundan tashqari bu borada ko‘plab xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar diplomatik korpuslari bilan o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yildi;

- Bugugi kunda Markazda Afg’onistoning 11 ta viloyatidan kelib “O’zbek tili va adabiyoti” bakalavr ta’lim yo‘nalishi bo’yicha 103, “Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi” bakalavr ta’lim yo‘nalishlari bo’yicha 8, jami 111 nafar talabalar oxirgi 4-bosqichda tahsil olmoqda. Shundan 20 nafari qizlarni tashkil etadi.

- Markaz hodimlaridan 11 nafari qilgan mehnatining natijaari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi, O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyaning 30 yilligi, Ma’naviyat fidoyisi, Ilm fan iftihori, Ta’lim islohotchi, Tashabbuskor islohotchi kabi yo’nalishlar bo’yicha ko’krak nishonlarini oldilar. Talabalar orasidan esa “O’zbek tili va adabiyoti” xalqaro olimpiadasida 1-o’rin, 16 nafar iqtidorli talabalar Ilg’or tadqiqot ilmiy markazining 2023 yil 13 yanvardagi 03-sonli buyrugiga asosan “Ilm-fan iftixori” esdalik ko’krak nishoni sohibi bo’lishdi. 70 dan ortiq talabalar dunyoning 20 dan ortiq mamlakatlarining ilmiy anjumanlarida ilmiy maqolalalri chop etttirisdi. 5 nafar talaba Surxondaryo viloyat xokimining stipendiya sovrindori bo’lishdi. Shuningdek, QVZ, Boysun Bahori, Nurli Navolar, Qo’qon festifali, Tashabbus, Yosh havaskor va boshqa ilmiy anjumanlarda faol ishtirok etishayotganini ko’rishlaringiz mumkin deb iqtidorli talabalaridan Shekibo Samadiy, Holida Sodat, Abdulhakim, Muhammad Nosir, Sanoulloh, Musavvir Qodiriylar o’z yutuqlarini gapirib berdi.

Shundan keyin bizning maktab o‘quvchilaridan 10 nafari o’zlari qiziqtirgan savollarini berishdi va aniq javoblarini olishdi. Tadbir yakunida 10 ta faol o’quvchilarga Markaz rahbariyati tomonidan fahriy yorliq va estalik sovg’alari berildi.

Maktab o’quvchilarining bir kunlik Markazga borilgan tashrif natijasida xulosa sifatida shuni aytish kerakki:

- Xar bir fanni chuqur o’rganish kerak ekan;

- Bo’sh vaqtni mazmunli tashkil etish maqsadida aniq hunarni tanlab har kuni amaliy ish qilish erishish;

- Ko’proq badiiy adabiyotlar o’qish va maqolalar yozishga harakat qilish;

- Kamida 2-3 ta o’zga tillarni chuqur o’rganishni bugundan boshlash;

- Yaratilgan sharoitlar, tinchlikni va vaqtning qadriga yetish;

- Xar kunlik, oylik qilinadigan ishlarning rejasi tuzish va bajarilishini sarhisob qilish;

Agar biz har kuni ushbu ishlarni amalga oshirsak maktabni tamomlaguncha bemalol fan olimiada, ko’rik tanlovlar golibi bo’lib universitetlarga grant asosida kirib yoki 2 ta hunarni mukammal o’rganib ota-onamiz va ustozlarimizni hursand qilamiz.

شریکول: