Sizlarni Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Afg'oniston fuqarolarini o'qitish ta'lim markazi jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz!
Mamlakatimizda ochiqlik, xolislik va haqqoniy axborotni xalqimizga yetkazish yo'lidagi mashaqqatli mehnatingiz, fidoyiligingiz va kasbingizga bo'lgan sadoqatingiz tahsinga sazovordir.
Sizlarga mustahkam sog'liq, oilaviy baxt-saodat, ijodiy yutuqlar, kasbiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar hamda yangi zafarlar tilaymiz. Qalamingiz o'tkir, so'zingiz doimo el manfaatiga xizmat qilsin!