اصلي منځپانګې ته ولاړ شئ

د مرکز خبرونه

Surxonga shoshilib keladi bahor.. Tog'-toshlar qorlarga burkangan mahal,Quyosh o...

1 دقیقې لوستل 225
photo_2025-03-05_16-45-14

Surxonga shoshilib keladi bahor..

Tog'-toshlar qorlarga burkangan mahal,
Quyosh oshiqadi Termizga tomon,
Ma'sum chuchmomaga yetadi xabar,
Ayozning jig'iga tegib har safar,
Surxonga shoshilib keladi bahor.

Har kurtak ko'zimga to'tiyo bo'lib,
Har maysa qalbimda bir go'y bo'lib,
Sochpopuk taqishib necha tol nafar,
Ayozning jig'iga tegib har safar,
Surxonga shoshilib keladi bahor.

Qozonda bir totli sumalak qaynar,
Go'zallar yuzida gulbarglar o'ynar,
Har qish oxirida qilganday zafar,
Ayozning jig'iga tegib har safar,
Surxonga shoshilib keladi bahor.

Sayyora To'rayeva

شریکول: