Skip to main content

Center news

YashilMakon VazirlikBogʻi

1 min read 224
photo_2025-03-17_08-54-33

🌿 Vazirlik bog‘ida 200 tup manzarali daraxt va 2 mingdan ortiq gul ko‘chatlari ekildi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida navbatdagi ezgu tadbir o‘tkazildi.

Vazirlik rahbariyati va xodimlari ishtirokida Toshkent shahri iqlimi va tuproq sharoitlariga mos bo‘lgan 200 tup manzarali daraxt va 2 mingdan ortiq gul ko‘chatlari vazirlik atrofidagi hududlarga ekildi.

“Bu bog‘lar bir bog‘lar bo‘ladiki…” shiori ostida o‘tkazilgan mazkur tashabbus yurtimizni yanada ko‘kalamzor va obod qilish, ekologik muhitni yaxshilashga xizmat qiladi.

Keling, ko‘chat ekib, yurtimizni ko‘kalamzorlashtirish ishlariga har birimiz o‘z hissamizni qo‘shaylik!

Share: