Skip to main content

International cooperation

Xalqaro aloqalar

1 min read 206
photo_2025-04-14_13-50-33

Joriy yilning 8 aprel kuni Termiz shahrida "Made in uzbekistan" milliy ko'rgazmasi doirasida O'zbekiston Respublikasi ishbilarmon doiralari va Afg'oniston Islom Amirligining Balx viloyati o'rtasida ochiq muloqot tashkil etildi. Muloqotda har ikki mamlakat tadbirkorlari, sanoat uyushmalari, tegishli vazirlik va idoralar vakillari faol ishtirok etishdi.
Tomonlar farmatsevtika, qurilish materiallari, elektrotexnika va boshqa ustuvor yo'nalishlarda hamkorlik istiqbollarini muhokama etdi. To'g'ridan-to'g'ri ishbilarmonlik aloqalarini o'rnatish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish va mintaqalararo savdo faoliyatini kengaytirishga alohida e'tibor qaratildi.
Muloqot natijasida O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi Surxondaryo mintaqaviy boshqarmasi va Balx viloyati Savdo-sanoat palatasi o'rtasida o'zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
Ushbu ko'rgazmada Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi jamoasi ham faol ishtirok etmoqda

Share: