UPSHIFT o‘quv lageri doirasida Surxondaryo viloyatida yashovchi o‘zbek va afg‘on yoshlari o‘z hamjamiyatlaridagi ijtimoiy muammolarini hal etish yo‘llarini birgalikda ishlab chiqdilar. 🙌
Ular yoshlar bandligi, hovli va ko‘chalarning ifloslanishi, nogironligi bo’lgan shaxslar shaharda harakatlanishidagi qiyinchiliklar kabi muammolarni ko‘tardilar. Shuningdek, yoshlar O‘zbekistonda vaqtinchalik istiqomat qilayotgan Afg‘oniston fuqarolari uchun ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini yaratish uchun ularga o‘zbek tilini o‘rgatish muhimligini ta’kidladilar.
Kelgusi uch oy davomida g'oyalarini sinab ko'rish uchun eng istiqbolli takliflarga boshlang'ich mablag’ taqdim etildi 💰
Jamoalarga omad tilab, ularning yutuqlarini kuzatib boramiz! 🎉
UPSHIFT dasturi Surxondaryoda Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko‘magida amalga oshirilmoqda.
