Skip to main content

Culture and enlightenment

Konstitutsiya baxtimiz qomusi

2 min read 191
21fe4d607d46451de18d1

#Konstitutsiyaning31yilligi

#Konstitutsiyabaxtimizqomusi

Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta‘lim markazida 8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Unda Termiz davlat universiteti Yuridik fakulteti dekani professor J. Xolmo‘minov, jahon tarixi kafedrasi mudiri tarix fanlari doktori, professor S.Tursunov, Termiz timani adliya bo‘limi boshlig‘i B.Ashurov hamda markaz professor-o‘qituvchilari va tinglovchilar ishtirok etishdi. Tadbirda ma‘ruzachilar tomonidan konstitutsiyamizning yaratilish tarixi, O‘zbekiston xalqining xohish istagi orzu intilishlari to’liq qaror topganligi, qomusimizning xalqchilligi, inson huquqlari va erkinliklari va xalqaro huquq normalariga mosligi haqida atroflicha ma’lumot berildi. Shuningdek, Yangi tahrirdagi Konstitutsiya — inson sha’ni, qadr-qimmati va huquqlarining mustahkam kafolati sifatida Yangi Oʼzbekistonni barpo etishning eng muhim mezoni ekanligini alohida taʼkidlab o‘tildi.

Tadbir davomida tinglovchilar ham o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Tadbir so‘ngida mehmonlarga markaz tashakkurnomalari, faol ishtirok etgan tinglovchilarga kitoblar sovg‘a qilindi.

Afg'oniston fuqarolarini o'qitish ta'lim markazi matbuot xizmati:

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!

Share: