Skip to main content

Education

Biz kutmagan va unutilmas uchrashuv

3 min read 195
photo_2023-04-15_16-50-26

Shundayki, barchamizga ma’lum O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis senati Afg‘oniston fuqoarolarini o‘qitish ta’lim markazi bilan birga doimiy aloqada bolib kelgan. Aytish kerakki bu nafaqat Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida balki, butun afg‘on ayollarida o‘zlarining beg‘araz yordamlarini ko‘rsatib kelmoqdalar. Jumladan 2021-yil 24-Aprelda ya‘ni ulug‘ ramazon ayyomlarida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida “Sehrli sayohat” loyhasida Sangardak Sharsharasiga barcha afg’on qizlari uchun ajoyib sayohat tashkil etilgandi. Ushbu sayohat bizning ongimizda juda ajoib ta’surotlar qoldirdi. Bundan tashqari Afg’oniston va qo’shni Davlatlar uchun mo’ljallangan Kompleks rejasi loyhasi doirasida Termizda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish bo’yicha o’tkazilgan treninig, xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʼyicha respublika komissiyasi, Senatning xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʼmitasi hamda Migratsiya boʼyicha xalqaro tashkilotining Toshkentdagi vakolatxonasi hamkorligida Аfgʼonistondagi vaziyatga javoban insonparvarlik yordamini koʼrsatishga qaratilgan mintaqaviy loyiha doirasida joriy yilning 28 noyabr – 3 dekabr kunlari Surxondaryo viloyati Termiz tumanida joylashgan Аfgʼoniston fuqarolarini oʼqitish taʼlim markazida seminar trening oʼtkazildi.

Ushbu dasturi doirasida 16 nafar xotin-qiz (shundan 7 nafari afg’on, 9 nafari o’zbek)lar uchun tadbirkorlik yo’nalishida bir haftalik seminar trening tashkil etilgan edi. Ushbu seminar-treningda ishlab chiqilgan va Gender Komissiya tomonidan maqullangan biznes-rejalarni beg‘araz moliyalashtirish va seminar-trening ishtirokchilarini taqdirlash maqsadida joriy yilning 1-mart kuni “Afgoniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markazi” da tadbir tashkil etildi. Ushbu tadbirda Xalqaro migratsiya tashkilotining O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Kery Macc Bro hamda O’zbekiston Respublikasi OliyMajlisi Senati Senatori Gulnora Mahmudovnalar ishtirok etishdi. Ishtirokchilarning har biriga Xalqaro migratsiya tashkiloti tomonidan qiymati 22 700 000 so’mlik VAUCHERlar hamda planshetlar topshirildi.

Ajab emaski, yana mana shunday muborak kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis senatining raisasi Narbayeva Tanzila Kamolovnadan yuzma-yuz uchrashish baxtiga muyassar bo‘ldik. Bu uchrashuv biz afg‘on yoshlari uchun ayniqsa afg‘on qizlari uchun kutilmagan bir xursandchilik bo‘ldi. Sababi hurmatli opamiz Narbayeva Tanzila Kamolovna yaqindan ko‘rgan bo’lmasak ham, ularning qizg‘in va samimy salomlarini hamda juda katta yordamlari biz bilan birga bo‘lgan. Shunday muborak ayyom kunlari vaqtlarini ayamasdan afg‘on qizlaridan hol-ahvol so’rab ularning sharoyitlarini va yurakda bo‘lgan fikrlarini eshitganlari uchun ularga hamda biz uchun barcha sharoitlarni yaratib bergan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga kattakon rahmatlar aytamiz, mana shunday ulug‘ kunlarga bizlarni eslaganlari uchun Allohim ularni eslasin. Shu kabi uchrashuv va hamkorliklarni yanada kengroq shakillanishini xohlab qolaman.

Muallif: Shekibo Samadiy

Share: