2025-yil 3-aprel kuni Afg'oniston fuqarolarini o'qitish ta'lim markazining Agrobiznes va marketing agenti yo'nalishi hamda Payvandlovchi yo'nalishi tinglovchilari Qumqo'rg'on agrotexnologiyalar texnikumiga rejadagi o'quv amaliyotini o'tkazish maqsadida tashrif buyurishdi . U yerda Qumqo'rg'on agrotexnologoyalar texnikumi direktori S. Mamayusupov va o'quv ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari Ch. Jumayevlar kutub oldilar va texnikumdagi shart-sharoitlar bilan tanishtirdilar. Tinglovchilarimiz o'quv xonalar, o'simlikshunoslik, payvandlovchilik, chorvachilik bo'yicha jihozlangan labaratoriya xonalari bilan tanishishdi. Yo'nalishi bo'yicha o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
