اصلي منځپانګې ته ولاړ شئ

د مرکز خبرونه

Tibbiy ko‘rik

2 دقیقې لوستل 180
a6412b9d697b704fa42f3 (1)

Аfgʼoniston fuqarolarini oʼqitish taʼlim markazi hamda “Barqaror hayot” xalqaro ijtimoiy-maʼrifat markazi hamkorligi doirasida,ular tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi va Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikdagi “Afg‘oniston fuqarolariga ta’lim berish va ularni kasbiy tayyorlash bo‘yicha Surxondaryo viloyatining salohiyatini oshirish” loyihasi asosida markazda tahsil olayotgan 50 nafar tinglovchilarni beg‘araz (bepul) chuqurlashtirgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Tibbiy ko‘rikdan o‘tish davomida jahon andozalariga mos yangi avlod meditsina asbob anjomlari va urolog, kordiolog, pediator, terapevt, psixolog kabi malakali mutaxassislar tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib,tegishli xulosalar berildi va zarur hollarda ularni davolash uchun zarur dori-darmonlar ajratish ko‘zda tutilganli to‘grisida tushuntirishlar berildi.

Ko‘rik natijalariga ko‘ra

- Yurak qon tomir kasallgi bo‘yicha

5-nafar,

- O‘t kasalligi bo‘yicha 1-nafar

- Oshqozon-ichak kasalliklari bo‘yicha 3-nafar,

- Nevrologik kasaliklar bo‘yicha 3- nafar tinglovchilarimizda yuqorida qayd etilgan kasalliklarning boshlanish davri aniqlandi.

Shuningdek, shifokorlar tomonidan tashxis xulosalariga ko‘ra yuqoridagi kasalliklar bilan ogrigan bemorlarga bepul dori-darmon berilishi va ularni sog‘lom turmushga qaytarish bo‘yicha nazoratga olib davolash ishlariga ko‘mak berilishi ta‘kidlab o‘tildi.

Bu borada o‘quv yili davomida markazda tahsil olayotgan talaba va tinglovchilarni sog‘lom turmushga yo‘naltirish bo‘yicha markaz rahbariyati bilan muntazam ravishda hamkorlik qilish kabi vazifalar belgilab olindi.

Afg'oniston fuqarolarini o'qitish ta'lim markazi matbuot xizmati:

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!

Telegram | Website | YouTube

شریکول: